20:10 / 15.02.2017
18744

Video: Dominikanlik jurnalistlarni jonli efir vaqtida o‘ldirishdi

Dominikana respublikasidagi mahalliy radiostansiyalardan birining jurnalistlari jonli efir vaqtida otib ketildi. Bu haqda The Guardian xabar tarqatdi.

Hodisa San-Pedro de Makoris shahrida ro‘y bergan. Qurollangan jinoyatchilar 103FM to‘lqinlari orqali efirga chiqadigan radiostudiya binosiga bostirib kirib, xodimlarni o‘qqa tutgan.

Radioboshlovchi hujum sodir bo‘lishidan oldin efirda matn o‘qiyotgani videosi Facebook ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirilgan. Videoda o‘q ovozlari va qichqiriqni eshitish mumkin.

Politsiyaning ma'lum qilishicha, hujum qurbonlari prodyuser Leo Martines va radioboshlovchi Luis Manuel Medina. Shuningdek, yana bir jurnalist ayol jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilinib, 3 kishi qo‘lga olingan. Ularni jinoyatga undagan sabablar o‘rganilmoqda.

Top