10:14 / 15.02.2017
9671

«VKontakte» asoschisi Pavel Durovdan 10ta juda muhim maslahat

«VKontakte» ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Pavel Durov tarmoqdagi o‘z sahifasida uni yaratish jarayonida olgan 10ta darsi haqida izoh qoldirdi. Kompaniya 2016 yilning 10 oktabr kuni o‘zining 10 yilligini nishonladi.

1. Hammasini tezlikda bajarish mumkin. Men «VKontakte»ning birinchi nusxasini 2006 yilda bir oyda tayyorladim. U darrov rivojlanib ketdi. Aksariyatning fikridan farqli ravishda, ish yoki tez va sifatli qilinadi yoki uzoq va yomon.

2. Hammasini tezlikda bajarish kerak. 2006 yilda «VKontakte» bilan bir vaqtda shunday konsepsiyaga ega yana bir necha saytlar paydo bo‘ldi. Hozirda ular «VKontakte» tezroq rivojlangani uchungina esdan chiqib ketdi.

3. Cheklangan joyga qarab o‘sish lozim. «VKontakte» SPbGU forumining omadidan paydo bo‘ldi, SPbGU forumi esa – tilshunoslar uchun sayt omadidan. Har bir keyingi qadam hozirgi tajribangiz asosiga qurilgan bo‘lishi kerak.

4. Odamlar – tentak emas. Ular siz taklif etayotgan narsaning sifatini baribir his etishadi. Har bir kichik detal ham yangi foydalanuvchilarni jalb etadi.

5. Bir necha vazifani bajarish – samarali. Men «VKontakte» faoliyat yuritgan ilk oylarda barcha kodni, grafikani, interfeyslar va marketingni yaratdim. Bir necha ishni birdaniga bajarish aloqa uchun vaqtni sarflamaslik imkonini beradi.

6. Faqatgina o‘zingizning ichki sezgingizga quloq solishingiz kerak. Har gal “yoshi katta va aqlli”larning fikriga quloq solganimda, vaqtni bekorga sarflaganman. Agarda siz qilish kerak, deb o‘ylasangiz – ko‘pchilikning fikriga e'tibor ham bermang.

7. Son sifatni qoplamaydi. «VKontakte» jamoasi u qadar katta emasdi, biroq iste'dodli va motivatsiyaga ega kishilardan tashkil topgandi. Bunday jamoa oylik ish haqi uchun xizmat qiladigan yollanma ishchilar armiyasidan ko‘proq samara keltiradi.

8. Hech kimga 100 foizga ishonish kerak emas. Siz kimnidir ishonchga loyiq deb hisoblashingiz va uni bir necha yil bilishingiz hech qanday ahamiyatga ega emas – muhim masalalarni shaxsan nazorat qilish kerak.

9. Qo‘rquv hech qanday ahamiyatga ega emas. «VKontakte»ni boshqarish paytida ko‘p narsalar sodir bo‘ldi – DdoS-hujumlar, jinoiy ishlar, aksiyadorlar urushi, erib ketgan serverlar, media janglari, da'vo arizalari, fitnalar. Hissiyotga berilish samarali emas – nima qilish kerak bo‘lsa, shuni qiling.

10. Printsiplar keladigan ehtimoliy foydadan yuqori turishi kerak. «VKontakte» raqobatchilari foydalanuvchilardan reklama beruvchilar, aksiyadorlar, amaldorlar foydasiga voz kechishganda, biz ular manfaatini himoya qildik. Boshqalarga yaxshilik keltirish – haqiqiy omadning siridir.

Mavzuga oid
Top