Jahon | 14:39 / 16.02.2017
8300
1 daqiqa o‘qiladi
AQShda ta'lim vazirligini yopishmoqchi
Amerikalik kongressmen Tomas Messi kongressga ta'lim vazirligini yopish to‘g‘risidagi tashabbusni ko‘rib chiqish uchun taqdim etdi. Bu haqda RT xabar tarqatdi.
Qonun loyihasini yettita respublikachi-kongressmen qo‘llab-quvvatladi. Ularning fikricha, AQShdagi amalda bo‘lgan ta'lim tizimi samarasiz ekani, byurokratiya va byudjyet mablag‘larining haddan tashqari ko‘p sarflanishini ko‘rsatib bergan.
Ushbu loyiha kongress va AQSh prezidenti tomonidan ma'qullansa, vazirlik 2018 yilning 31 dekabr kuniga qadar yopiladi.
Avvalroq AQSh ta'lim vaziri etib Betsi Devos tayinlangani haqida xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
18:52 / 25.12.2024
Tramp o‘lim jazosini qo‘llashda qat’iyat bilan davom etishini aytdi
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024