23:11 / 16.02.2017
8893

Apple‘ning navbatdagi taqdimoti sanasi ma'lum qilindi

Foto: Justin Sullivan / Getty Images

Apple korporatsiyasi har yili o‘tkaziladigan WWDC 2017 tadbiri o‘tkaziladigan sanani ma'lum qildi. 

Ma'lum qilinishicha, tadbir San-Xose shahridagi McEnery Convention Center’da 2017 yil 9 iyunda o‘tkaziladi. Oxirgi marta  WWDC bu shaharda 2002 yilda o‘tkazilgandi. Tadbir o‘tkaziladigan zal o‘z ichiga 6 mingdan ko‘proq odamni sig‘dira oladi. Taqdimot ishtirokchilarining ro‘yxatga olinishi 27 martdan boshlanadi. 

Taxmin qilinishicha, taqdimotda kompaniyaning yangi operatsion tizimlari: macOS, iOS, watchOS va tvOS‘ning yangi versiyalari taqdim qilinadi. Tahlilchilarning fikricha, tadbirda yangi iPad planshetlari ham namoyish qilinadi.

Apple avvalgi taqdimotida iPad Pro qurilmasining oxirgi avlodini namoyish qilgandi. Ushbu planshet kompaniyaning 256 gigabayt doimiy xotira olgan birinchi mobil qurilmasi bo‘lgan.

Top