18:33 / 16.02.2017
23706

Buxorolik yigit hazillashib o‘z qarindoshini otib qo‘ydi

Buxoro viloyati Jondor tumanida dahshatli fojia yuz berdi. Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Zarafshon QFY Tobogar qishlog‘ida yashovchi, ishlamaydigan, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh. otasiga tegishli va IIB ro‘yxatida bo‘lgan «TOZ-34» rusumli, 4356-raqamli ov qurolini ruxsatsiz ov qilish maqsadida uyidan olib chiqib, shu qishloqda yashagan qarindoshi, o‘zining «Matiz» rusumli avtomashinasida kelgan vaqtida u bilan hazillashib, uni otib qo‘ygan. 

Natijada, fuqaro S. olgan tan jarohatidan voqea joyida vafot etgan. Fuqaro Sh. esa ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan prokuratura organi tomonidan fuqaro Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi vaqtda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top