O‘zbekiston | 15:48 / 16.02.2017
37299
2 daqiqa o‘qiladi

Gaz hisoblagichlardan foydalanmaydigan mijozlar uchun to‘lov miqdori oshirilishi mumkin

O‘zbekistonda iste'molchilarga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz uchun to‘lovlarni yig‘ish vazifasini xususiy operatorlarga topshirish rejalashtirilmoqda. Ular bu borada samaraliroq ishlashi kutilmoqda. Bu haqda Podrobno.uz agentligi respublika Iqtisodiyot vazirligidagi manbasiga asoslangan holda xabar qilmoqda

«Hozirda, mutaxassislar tabiiy gazni iste'molchilarga yetkazib berish bo‘yicha me'yoriy hujjatlarni bir xillashtirish va o‘zaro hisob-kitoblarni qanday qilib samarali tashkil etish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.  Bu borada ko‘p narsalarni tartibga keltirishimiz kerak. Asosiy bosh og‘rig‘imiz – bu ulkan qarzdorlikdir, albatta, shu sohada nimadir qilish kerak», – deb qayd etgan agentlik suhbatdoshi. 

Xususan, sohadagi ko‘plab muammolar va nuqsonlarni «Gaz ta'minoti to‘g‘risida»gi qonun loyihasi hal qilishi kutilmoqda. U shu yil parlamentariylar muhokamasiga kiritiladi. 

Iqtisodiyot vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, «O‘ztransgaz» kompaniyasining tuzilmasi yaxshi tomonga o‘zgartiriladi, kun tartibida, shuningdek, hisoblagichlardan foydalanmaydigan iste'molchilar uchun tabiiy gaz narxini oshirish masalasi ham turibdi. Shunday choralar bugungi kunda issiq suv iste'molchilariga ham qo‘llaniladi. 

Biroq, eng murakkab masala, aholining kommunal xizmatlar bo‘yicha ulkan qarzdorligini qanday pasaytirish muammosidir. 

2017 yil yanvar oyida bo‘lib o‘tgan hukumat yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev ko‘plab davlat tashkilotlarini debitor qarzdorlik uchun tanqid qilgan edi. Birgina, «O‘ztransgaz» tuzilmasida muddati o‘tgan qarzdorlik o‘tgan bir yil mobaynida 14 foizga o‘sgan. 

Mavzuga oid