Fan-texnika | 16:14 / 16.02.2017
10915
2 daqiqa o‘qiladi

Meizu yangi byudjyet smartfonini namoyish qildi

Pekindagi matbuot konferensiyasida Meizu o‘zining M5s nomli qurilmasini namoyish qildi. "Life" nashri shu haqida xabar berdi

Manbaga ko‘ra, Meizu M5s IPS texnologiyasi asosida yaratilgan 5,2 dyuymli  HD-displeyga ega bo‘ladi. Xitoy telefoni 1,3 GGts'li MediaTek MT6573 protsessori bazasida ishlaydi. 

Telefon ikki versiyada sotuvga qo‘yiladi: 16 Gb va 32 Gb. Xotira hajmi 128 Gb'gacha kengaytirilishi mumkin. 

Ikki model ham 3 Gb operativ xotirani qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, Meizu M5s ikki SIM-karta va 3000 mAs'li akkumulyatorga ega. 

Asosiy kamera - 13 Mp, old kamera esa - 5 Mp. Shuningdek, ishlab chiqaruvchilar Home tugmasida barmoq izlari skanerining o‘rnatilgani haqida ma'lum qilishdi. 

Meizu M5s qurilmasi Android 6 operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi. 

Kichik modelni 799 yuanga (116,4 dollar) xarid qilish mumkin. Katta hajmli versiya uchun esa 999 yuan (145,6 dollar) so‘raladi. 

Xitoyda Meizu M5s sotuvi kelasi haftadan boshlanadi. 

Mavzuga oid