17:24 / 16.02.2017
9653

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Toshkent-Barselona-Toshkent yo‘nalishida charter reyslarni amalga oshirmoqchi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi 2017 yilning yozida Toshkent-Burgas-Toshkent va Toshkent-Barselona-Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha charter reyslar seriyasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda, deb Kun.uz'ga xabar bermoqda kompaniya.

Charter aviatashuvlardan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri – O‘zbekiston turistik salohiyatini Bolgariya va Ispaniyadagi sayyohlik bozorlarida ommalashtirishdir. 2016 yilning yozida Bolgariyaga va 2016-2017 yillarning qishida Maldiv Respublikasiga bo‘lgan charter reyslari O‘zbekistonga keluvchi xorijiy sayyohlar sonini oshirishga xizmat qildi va O‘zbekiston fuqarolarining yangi turistik yo‘nalishlarga katta qiziqishini ko‘rsatdi.

Charter aviareyslari – mamlakatlar o‘rtasida do‘stona va iqtisodiy o‘zaro munosabatlarni mustahkamlashda katta o‘rin tutadi.

Mavzuga oid
Top