14:34 / 17.02.2017
10037

Beshinchi avlod tarmog‘ida ishlovchi dunyodagi birinchi smartfon qachon taqdim etilishi ma'lum bo‘ldi

ZTE kompaniyasi beshinchi avlod tarmog‘ida ishlashi mumkin bo‘lgan dunyodagi ilk smartfonni taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu MWC 2017 ko‘rgazmasida yuz berishi katta ehtimolga yaqin.

ZTE’ning Gigabit Phone smartfoni internetga soniyasiga 1 Gbit tezlikda ulanishi mumkin. Ishlab chiqaruvchining ma'lum qilishicha, bu qurilmaga 360-darajali videoni virtual reallikda hamda roliklarni ultrayuqori kenglikda tomosha qilish imkonini beradi. Telefon AQSh va Avstraliya bozorlariga mo‘ljallangan bo‘lib, u yerda beshinchi avlod tarmoqlari yo‘lga qo‘yiladi.

Aftidan, smartfon Qualcomm’dan yangi - Snapdragon 835 chipida ishlaydi. Uning xususiyatlariga ko‘ra, qurilma aloqa moduli hozirdanoq soniyasiga 1 Gbit tezlikda internetda ishlashi mumkin.

ZTE’ning Gigabit Phone smartfoni haqidagi barcha ma'lumotlar Barselonadagi MWC ko‘rgazmasida taqdim etiladi. U 27 fevral kuni boshlanadi.

Mavzuga oid
Top