Qozog‘iston janubidagi harbiy mashqlar o‘tkazilayotgan tumanda ko‘chki yuz berishi oqibatida yetti nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘iston ichki ishlar vazirligining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mitasi rasmiy vakili Ruslan Imonqulov xabar berdi, deb ma'lum qilmoqda «Kazinform».
«Yetti nafar inson halok bo‘lgani ma'lum bo‘ldi», - dedi u.
Imonqulovning ta'kidlashicha, ayni damda 10 nafar harbiy xizmatchi qutqarilgan. Qidiruv-qutqaruv amaliyoti davom etmoqda.
Avvalroq Qozog‘iston janubida harbiy mashqlar o‘tkazilgan yerga ko‘chki tushgani haqida xabar bergandik.