Zelandiya - sakkizinchi qit'ami?
Yangi Zelandiya, Avstraliya va Yangi Kaledoniya geologlari Tinch okeanining janubiy-g‘arbiy qismida suv ostida Yerning sakkizinchi qit'asi – Zelandiya joylashgan degan xulosaga kelishdi. Bu haqda Nature News nashri xabar bermoqda.
Yangi qit'aning maydoni 5 mln kvadrat kilometrni tashkil qiladi. Uning katta qismi – taxminan 94 foizi suv ostida joylashgan, yer usti qismi orasida Yangi Kaledoniya va Yangi Zelandiyaning Janubiy va Shimoliy orollari bor.
Olimlarning baholashicha, yangi qit'a qadimiy Gondvana superqit'asidan 100 mln yil avval ajrala boshlagan. Bu yer qobig‘ining deformatsiyasiga olib kelgan, natijada qit'aning katta qismi suv ostida qolgan. Geologlar o‘z xulosalarini sun'iy yo‘ldoshdan olingan kuzatuvlar, jumladan gravimetriya bilan tasdiqlashmoqda. Gravimetriyaga ko‘ra, Zelandiya o‘rnida okean qobig‘i yoki vulqon jinslari emas, balki materik qobig‘i joylashgan.
Olimlar shu sababli yangi qit'ani ham geografik qit'alar qatoriga kiritib, ular sonini 7 tadan (Yevropa, Osiyo, Afrika, Avstraliya, Antarktida, Shimoliy va Janubiy Amerika) 8 tagacha oshirishni taklif qilishmoqda.

Geologlar Tinch okeani qa'rida yangi qit'a topishdi
Tavsiya etamiz
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jismoniy shaxslarning xorijdan tovar olib kirishiga cheklovlar kuchaytirilganiga izoh berildi
Iqtisodiyot | 17:10
-
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10
-
Yangi o‘yinchi: Chery 2025 yilda jahon bozoriga 19 dona yangi gibrid modellarni taqdim etadi
Fan-texnika | 17:00
-
TSAHAL tekshiruvi: G‘azoda shifokorlar o‘limiga «operativ anglashilmovchilik» sabab bo‘lgan
Jahon | 16:46