Fransiya janubi-sharqidagi gaz ballonlari omborida boshlangan yong‘indan keyin u yerda bir necha portlashlar yuz berdi, deb xabar bermoqda Mirror nashri.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, voqea Jonkere shahrida yuz bergan. Portlashlar voqea joyidan olislarda ham eshitilgan.

Voqea joyiga favqulodda xizmatlar va politsiya yetib kelgan. Ayni vaqtda qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ma'lumot berilmagan.