Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy eski ko‘mir konlarini yopmoqchi

2017 yilda Xitoy hukumati mamlakat hududida 500dan ko‘proq ko‘mir konini yopmoqchi. Bu haqda Xitoy energetika bo‘yicha davlat boshqarmasi saytida aytilgan.
Hujjat matniga ko‘ra, 2017 yilda ko‘mir qazib olish bo‘yicha qo‘shimcha quvvatlar qisqartirilishi davom etadi. Bundan tashqari xavfsizlikni ta'minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va ko‘mir qazib olish texnologiyasi darajasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘riladi.
"Jiddiy falokatlar ro‘y berishi mumkin bo‘lgan konlar yopiladi, u yerdagi asbob-uskunalar eskirgan hamda resurslar kamayib bormoqda. Bu konlarda ishlab chiqarishdagi xavfsizlikni ta'minlash uchun yetarli sharoitlar ham yo‘q. Joriy yil davomida 500dan ortiq eski kon yopiladi, bu esa ishlab chiqarish quvvatlarini taxminan 50 million tonnaga qisqartirish imkonini beradi", - deya ta'kidlanadi matnda.
Avvalroq Xitoy hukumati sanoatning haddan tashqari ko‘p ishlab chiqarish quvvatlari bo‘lgan sohalarida o‘ziga xos “taklif” islohotini o‘tkazish haqida e'lon qilgandi. Bu sohalarda taklif talabga qaraganda birmuncha yuqori bo‘lib, 2016 yilning martida islohotlar va rivojlanish bo‘yicha davlat qo‘mitasi rahbari Syuy Shaoshi Xitoy yaqin besh yil davomida po‘lat ishlab chiqarishni 100-150 million tonnaga, ko‘mir hajmini esa – 500 million tonnaga qisqartirishi haqida ma'lum qildi.
Ma'lumot uchun, Xitoy tog‘-kon sanoati dunyodagi eng xavflilardan biri bo‘lib, bu yerda har yili minglab konchilar halok bo‘ladi. Hukumat so‘nggi yillarda xavfsizlik oshirish ustida bosh qotirmoqda. Xususan, 2015 yilning mart oyi boshida mamlakatning mehnat xavfsizligi bo‘yicha davlat ma'muriyati mamlakat tog‘-kon sanoatidagi 5 mingga yaqin kichik konni yopish rejasi haqida ma'lum qildi. Bu o‘lim bilan tugaydigan hodisalar sonini kamaytirish maqsadida amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:20
-
Mikrohududdan tashqarida 1-sinfga qabul va «jafokash» «Sag‘bon» nimstansiyasi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:17
-
Tramp Medvedevning so‘zlaridan keyin ikkita yadroviy suv osti kemasini yuborishni buyurdi
Jahon | 23:12
-
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00
Mavzuga oid

23:20
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi

08:10
AQSh: Xitoyning Rossiya neftini sotib olishi 100 foizlik bojga sabab bo‘lishi mumkin

07:41
Xitoy O‘zbekistonda 500 mln dollarlik investitsiya fondi tashkil etishni taklif qildi

18:33 / 31.07.2025