16:16 / 18.02.2017
9916

Huawei Mate 9 olov bilan sinab ko‘rildi

Videoroliklar sayti YouTube’dagi JerryRigEverything sahifasi muallifi yangi Huawei Mate 9 fabletini sinab ko‘rdi. U smartfonni qirilishi, korpusining deformatsiyasi va yong‘inga chidamliligini tekshirgan. 

Dastlab bloger maxsus arra tishlari yordamida telefon korpusini qirilishlarga qanchalik chidamli ekanini sinadi. Asosiy kamera va displeyni himoyalovchi shisha qoplama sinovdan a'lo darajada o‘tgan. Ammo, metall korpusning qirilishi juda oson bo‘lsa-da, buni ham kamchilik, deb ko‘rsatish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki, yengil qirilish xususiyati ham materialning o‘ziga xosligi hisoblanadi.

Huawei Mate 9 korpusining deformatsiyasiga doir sinov ancha jiddiy bo‘lgan. Telefon birinchi urinishdan egilgan, displeyi shishadan ajragan, albatta, uni joyiga qo‘yish mumkin bo‘lgan. Displey ham qizdirilgandan so‘ng, yana tiklangan. 

Mavzuga oid
Top