00:01 / 18.02.2017
7615

Kraft Heinz kompaniyasi Unilever’ga 143 mlrd dollarlik shartnoma tuzishni taklif qildi

Foto: Scott Olson / AFP

Heinz ketchuplarini ishlab chiqaruvchi Kraft Heinz maishiy kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Unilever kompaniyasiga birlashish haqida bitim tuzishni taklif qildi. Biroq Unilever buni rad etgan. Agar bitim tuzilsa, bu tarixdagi eng yirik bitimlardan biri bo‘lardi. 

Bo‘lishi mumkin bo‘lgan bitimning miqdori 143 mlrd dollarni tashkil qilgan.  

Ushbu bitim tuzilishi mumkinligi haqidagi ma'lumot Unilever aksiyalarining 11 foizga, ya'ni 37,22 funt sterlinggacha oshishiga olib keldi. Shu bilan birga uning kapitallashuvi 112 mlrd funt sterlingga yetgan. Kraft Heinz aksiyalari esa 3,7 foizga oshgan.

Kraft Heinz konserni Kraft Foods Group va H.J. Heinz Company kompaniyalarining birlashishi oqibatida vujudga kelgan. Heinz egalari Uorren Baffetning Berkshire Hathaway xoldingi va Braziliyaning 3G Capital investitsion jamg‘armasi hisoblanadi.

Mavzuga oid
Top