23:32 / 18.02.2017
22090

O‘zbekistonlik chegarachilar yanvarda 137 nafar qoidabuzarni ushlashdi

O‘zbekiston chegara qo‘shinlari 2017 yil yanvar oyida chegarani buzgan 137 nafar qoidabuzarni hibsga oldi. Bu haqda Sputnik Uzbekistan nashri muxbiriga 
O‘zbekiston Milliy xavfsizligi xizmatining Davlat chegaralarini qo‘riqlash qo‘mitasidagi manba ma'lum qildi.  

Eng ko‘p sondagi qoidabuzarlar Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan chegaralarda ushlandilar (mos ravishda 70 va 54 kishi). Shuningdek, Tojikiston bilan chegarada uni kesib o‘tmoqchi bo‘lgan 6 kishi, Turkmanistonda – 5 kishi, Afg‘onistonda esa 2 kishi ushlangan. 

"Davlat chegaralarida yanvarda vaziyat barqaror bo‘ldi. Chegarachilar bu vaqt ichida chegaradan 534 mln so‘mlik tovar-moddiy buyumlarni noqonuniy olib o‘tishga 50 ta urinish oldini olishdi. Aniqlangan kontrabanda holatlarining barchasi Qirg‘iziston chegarasida kuzatilgan. Ushlangan tovarlarning aksariyat qismini 185 mln so‘mlik maishiy texnika va elektronika tashkil qilgan", deyilda xabarda,      

Bundan tashqari, chegarachilar tomonidan 12 yanvarda Afg‘onistondan 5,5 kg giyohvand modda olib kirishga urinish oldi olingan. 

Mavzuga oid
Top