22:06 / 19.02.2017
8015

Pekin AQSh-Janubiy Koreya raketalarga qarshi mudofaa tizimini tanqid qildi

Foto: Reuters

Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen anjumanida Xitoy vakillari Janubiy Koreyada Shimoliy Koreyaning tahdidlaridan himoyalanish uchun AQShning raketalarga qarshi mudofaa tizimi joylashtirilishini tanqid qildilar. Pekin buni "do‘stlarga pichoq sanchish"ga qiyosladi.  

Xitoy Janubiy Koreyaning Shimoliy Koreyaning raketa tahdidlaridan himoyalanish istagini tushunishini aytdi, biroq Seulni Pekinning xavotirini ham hurmat qilishga chaqirdi. Xitoy Koreya yarimorolida AQShning raketalarga qarshi mudofaa tizimi THAAD joylashtirilishiga qarshi chiqmoqda.

Xitoy  RQM tizimining kuchli radari uning hududini ham kuzatishidan xavotirlanmoqda, shuning uchun Pekin RQM tizimining Janubiy Koreyada joylashtirilishiga qarshilik bildirmoqda.  

Xitoy bayonotida aytilishicha, "bir davlat xavfsizligi boshqa davlat xavfsizligiga putur yetkazilishi hisobiga ta'minlanishi kerak emas". "Xitoy Janubiy Koreya o‘z xavfsizligini himoyalashi zarurligini anglamoqda va shu bilan birga Janubiy Koreya Xitoyning pozitsiyasini hisobga olishi kerak", deb aytdi Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I.

Xitoyning yana bir vakili Fu In Xitoy "Vashingtonning Janubiy Koreyada RQM tizimini joylashtirish qarorini tushuna olmasligini" ta'kidlab o‘tdi.  "Bu do‘stlarimiz tomondan pichoq sanchishga o‘xshaydi", deb aytgan Fu In va bu tizim istalgan holatda Janubiy Koreya xavfsizligini oshirishga olib kelmasligini aytdi.

Mavzuga oid
Top