21:24 / 19.02.2017
7077

Pokiston shimolida ko‘chki tufayli odamlar qor ostida qolib ketdi

19 fevral kuni Pokiston shimolida qor ko‘chkisi ro‘y berdi. Tabiiy ofat Xiber-Paxtunkva viloyati hududidagi "Lavari" avtomobil tunneli yaqinida kuzatilgan.

Ulkan qor bo‘lagi 18 kishini bosib qolgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ulardan 7 nafari halok bo‘lgan, 7 kishi qutqarilgan, yana 4 kishining taqdiri noma'lumligicha qolmoqda. 

Agence France-Presse xabariga ko‘ra, ayni vaqtda hududda qutqaruv-qidiruv ishlari olib borilmoqda.

5 fevral kuni ham Pokistonda qor ko‘chkisi tufayli 14 kishi halok bo‘lgandi.

Top