Filippin prezidenti jinoyatchilar va raqiblarini yo‘q qilishda ayblandi
Filippin amaldagi prezidenti Rodrigo Duterte, Davao shahri hokimi bo‘lgan vaqtlarda «o‘lim guruhi» deb nomlangan guruh a'zolariga jinoyatchilarni yo‘q qilish bo‘yicha buyruq bergan. Buning evaziga qotillar mukofotlangan. Sobiq politsiyachi Arturo Laskanas Senat (Filippin parlamentining yuqori palatasi)da bo‘lib o‘tgan matbuot-anjumanida shunday bayonot berdi.
«Davaoda sodir etgan qotilliklarimiz uchun... hokim Rodi Duterte to‘lagan», - deya sobiq politsiyachi so‘zlarini keltiradi Reuters agentligi. Laskanasning so‘zlariga ko‘ra, Duterte, shuningdek, o‘z raqiblarini yo‘q qilishga ko‘rsatma bergan. Xususan, hozirgi prezident hokimlik vaqtida uni tanqid qilgan radioboshlovchini o‘ldirishga buyruq bergan.
Reuters agentligining qayd etishicha, Laskanas o‘tgan yil oktabr oyida Senatda bo‘lib o‘tgan shu kabi eshituvlarda «o‘lim guruhi» bo‘lganini inkor etgan edi. O‘z navbatida, Filippin davlat rahbari matbuot kotibi Martin Andanar CNN Philippines telekanaliga bergan intervyusida Laskanasni «uzoqqa cho‘zilgan siyosiy sahna» deb atagan va Duterte tanqidchilarining «prezident obro‘siga putur yetkazishga urinishlari» sifatida baholagan.
Bundan avvalroq, 71 yoshli prezidenti Rodrigo Duterte Davao shahri hokimi bo‘lgan vaqtlarda jinoyatchilar va giyohvand moddalar bilan savdo qiluvchilarni, bangilarni shaxsan o‘ldirganini tan olgan edi.
Mavzuga oid
16:24 / 02.12.2024
O‘zbekiston JST a’zoligi bo‘yicha Filippin bilan muzokaralarni yakunladi
18:12 / 24.11.2024
Filippin poytaxtida yong‘in boshlandi: mingga yaqin uy yonib ketdi
20:28 / 23.11.2024
Filippin vitse-prezidenti davlat rahbari uchun killer yollaganini aytdi
20:50 / 14.11.2024