Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Qo‘shrabotda nosoz yo‘l tufayli odamlar tutdek to‘kilmoqda
Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumani yo‘llari shu qadar o‘ydim-chuqurki, aholi viloyat markaziga borib kelguncha tutdek to‘kilmoqda, deb yozadi 1news.uz “Jamiyat” nashriga tayanib. Ma'lum qilinishicha, transport vositalari bunday holatda ta'mirtalab holga tushmoqda,
Xabarga ko‘ra, 2015 yil iyunda tumandagi Koriz qishlog‘idan asfalt yotqizish boshlangan, ammo bir kilometrga borib-bormay ishlar taqa-taq to‘xtab qolgan.
Xabarda aytilishicha “Respublika yo‘l jamg‘armasining yo‘lni ta'mirlab berish haqidagi yoqimli va'dalari ham qog‘ozda qolib ketgan”. Qayd etilishicha, Yo‘l jamg‘armasiga pul to‘layotgan odamlarning sabr kosasi to‘lgan va mutasaddilardan amaliy ishni talab qilishmoqda.
Mavzuga oid
13:24 / 26.03.2026
Yangilangan Imom Buxoriy majmuasidan reportaj
11:26 / 23.03.2026
Urgutda kuchli yomg‘ir oqibatida sel hodisasi kuzatildi
08:57 / 19.03.2026
Samarqandda 38 kilogrammga yaqin narkotik modda qo‘lga olindi
08:52 / 19.03.2026