07:52 / 20.02.2017
49945

Video: Kim Chen Namga kim suiqasd qilgani ma'lum bo‘ldi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning o‘gay akasi Kim Chen Namga hujum qilinishiga oydinlik kirituvchi videolavha internet tarmog‘ida paydo bo‘ldi. 

Daily Mail nashrining yozishicha, Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur aeroportida sodir bo‘lgan voqea tasvirlarida ko‘rish mumkinki, oq ko‘ylak va jinsi kiygan qiz Kim Chen Namga hujum qilib, uni tutib turadi, bu orada boshqa bir qiz zaharli moddani uning yuziga sepadi. 

Shundan so‘ng, Kim Chen Nam aeroport qo‘riqlash xizmati xodimlariga murojaat qiladi. Uni xavfsizlik xizmati punktiga olib borishadi, Kim Chen Nam u yerda hushini yo‘qotadi. 

Avvalroq, Janubiy Koreya Kim Chen Namga suiqasdda KXDRning qo‘li borligi haqida bayonot bergan edi. 

Mavzuga oid
Top