Avval xabar berilganidek, Kun.uz tahririyati jamoasi Andijon viloyatiga ijodiy safar qildi. Şuni alohida ta'kidlab ötiş zarurki, viloyatlarga borib, aholi bilan yaqindan suhbatlaşiş, erişilgan yutuqlarni e'tirof etiş va mavjud kamçiliklarni imkon qadar bartaraf qilişni qöllab-quvvatlovçi uşbu loyiha ğoyasi davlat rahbari Şavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yilni «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e'lon qilinişi tufayli paydo böldi. Bu yölda taşlangan ilk qadam Andijon viloyatiga uyuştirildi.
Viloyat hokimi Şuhrat Abdurahmonov sayt vakillarini qabul qildi. U bilan suhbatda viloyatning tabiiy gaz va elektr ta'minoti, toza içimlik suviga bölgan ehtiyojning qondirilayotgani, namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan uy-joylar bilan aholini ta'minlaş borasida olib borilayotgan işlar va boşqa turli mavzularda savollar berildi.
Tas-Ix`da köriş
Islohotlarning yangi davrida hokimlardan nima talab etiladi?
2017 yilning «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb nomlanişi men kabi rahbarlar uçun yangi eşiklarni oçdi, desam mubolağaga yöl qöymagan bölaman. Oldin ham işlaganmiz, ammo prezidentimiz hozir ta'kidlayotganidek - xalq bilan yelkadoş, hamnafas bölib işlaş, bir oyda bir marta emas, kerak bölsa, har kuni odamlarni qabul qiliş kabi işlar öziga yaraşa javobgarlik, öziga yaraşa mas'uliyat yuklaydi. Dardni eşitiş mumkin, ammo muammoning yeçimini topiş bugungi kun rahbaridan juda katta izlanişni, juda katta taşabbusni talab etadi. Yana şuni alohida ta'kidlab ötmoqçimanki, prezidentimiz xalq hayotini juda yaxşi bilganliklari uçun qonunlarni ham şunga monand çiqarayaptilarki, bu uning ijrosini ta'minlaşni osonlaştiradi.
Qişloq xöjaligi sohasidagi kamçiliklar va amalga oşirilayotgan işlar
Qişloq xöjalik sohasiga ikki oğiz gap bilan baho berib bölmaydi. Bu keng qirrali sohadir. Şuni ta'kidlaş joizki, ğallaçilik va paxtaçilik borasida Andijon maktabi yaratilgan. Statistikaga e'tibor qaratadigan bölsak, viloyat aholisi har yili örtaça 52-53 ming kişiga köpaymoqda. Bu bitta tuman aholisiga teng degani. Şu sabab viloyatda tomorqaçilik, undan foydalaniş madaniyatini yölga qöyiş borasida ham zarur işlar olib borilmoqda. Harakatlarimizni şu darajaga yetkazişimiz zarurki, tomorqadan bir yilda bir marta emas, balki uç martalab hosil olişni yölga qöyiş lozim. Çunki viloyatda şunday hovlilar borki, ular özlarining 6 sotixli yeridan bir yilda uç marta hosil olib, hajga borib kelişyapti, boşqalari uy solişyapti, birovlari esa maşina olyapti. Muhtaram prezidentimizning körsatmasi asosida Andijonga yangi tizim kirib kelyaptiki, bu viloyat aholisi orasida sensatsiya böladi. Ya'ni, har bir xonadonda, 2-3 sotix maydonda limonariyani taşkil etişni yölga qöyiş.













