17:24 / 21.02.2017
7093

It ko‘rinishidagi dron Yaponiya shahrining timsoliga aylandi

Yaponiyaning Nara prefekturasidagi uncha katta bo‘lmagan Odzi shaharchasi o‘zining timsolini namoyish qildi. Bu Yukimaru laqabli qanotlari bor it shaklidagi drondir. Videolavhaga RocketNews24 nashri e'tibor qaratgan.

Taqdimot roligida dron Yaponiyaning diqqatga sazovor joylari: Daruma ibodatxonasi, Yamato daryosi va Myodzin vulqoni ustidan parvoz qilib o‘tgan.

Bundan tashqari, dron Yukimaru laqabli it ko‘milgan qabr ustiga ham boradi. Uy hayvoni 7 asrda yashab o‘tgan shahzoda Syotokuning iti bo‘lgan. 

Yukimaru, shuningdek, Facebook ijtimoiy tarmog‘ida ham o‘z sahifasiga ega. 

Mavzuga oid
Top