Bugun Özbekiston Markaziy banki tomonidan 10 ming sömlik nominaldagi yangi banknotlar muomalaga çiqarilişi tasdiqlandi.

«Kun.uz»ning bankdagi manbasi ma'lumot berişiça, yangi kupyura şu yilning mart oyidan muomalaga çiqariladi.

Kupyurada, manbalarning bildirişiça, katta ehtimol bilan Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov surati böladi.

Qayd etiş kerakki, Senat Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan ön ming sömlik banknotning namunasi va dizaynini ma'qullab bölgan.

Senat qarorida bankka yangi banknotning muomalaga çiqarilişi töğrisidagi axborotni, şuningdek, banknot tavsifini OAVda e'lon qiliş yuklangandi. Lekin bu qaror çiqqan kundan bir kun ötib ham ijro bölmadi, xususan, banknot surati namoyiş etilmadi.

Markaziy bank matbuot xizmati tomonidan ma'lum qilinişiça, Senat ma'qullagan kupyura dizayni bank raisi Fayzulla Mullajonovga imzolaş uçun kiritilgan.

Markaziy bank ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan banknotlar suratlari soxta ekanini ma'lum qilgan. Ta'kidlaş kerakki, bu suratlarda 2016 yil sanasi körsatilgan. Bundan taşqari, Amir Temur tavalludining 680 yilligi 2016 yilda nişonlangandi.

Soxta banknot surati
Soxta banknot surati

«Kun.uz» saytining telegramdagi kanalida öquvçilardan kupyura dizayni borasida sörovnoma ötkazildi.

Sörovnomada 4 mingdan ortiq kişi iştirok etgan. Ular «10 ming sömlik banknotda kimning surati tuşirilişini istaysiz?» savoliga öz javoblarini belgilaşgan. Natijaga köra, iştirokçilarning aksar qismi, ya'ni 74 foizi kupyurada Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov surati tuşirilişini istamoqda. Şuningdek, «heç kimning surati bölişini istamaydiganlar» (9 foiz) va «yangi kupyura çiqarilişini istamaydiganlar» (8 foiz) ham nisbatan köpçilikni taşkil qilgan.