00:44 / 21.02.2017
6074

Niderlandiya qiroli o‘zi bilan bir kunda tavallud topganlarni yubileyiga taklif qildi

Foto:RIA

27 aprelda 50 yoshini nishonlaydigan Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandr o‘zi bilan bir kunda tavallud topgan 150 nafar fuqaroni tug‘ilgan kuniga taklif qiladi, deb ma'lum qilindi qirollik sayroyida.

Qirolning tug‘ilgan kunida mehmon bo‘lish uchun maxsus saytda yozilish kerak. 3 mart kuni kerakli sondagi nomzodlarni tanlab olish uchun qur'a tashlanadi.

"Frans Press" axborot agentligining ta'kidlashicha, nomzodlar tug‘ilgan sanalari to‘g‘ri kelishidan tashqari, Niderlandiyada kamida 20 yildan beri yashab kelayotgan va yoshlari 5 karrali bo‘lishi kerak.   

Tanlab olingan nomzodlar qirol va uning rafiqasi Maksima bilan bayram tushligida ishtirok etadilar. Bu marosim 28 aprelda Amsterdamdagi qirollik saroyida bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid
Top