Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengaşining «Özbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 10000 sömlik banknotlarning çiqarilişi töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
Uşbu qaror 20 fevralda qabul qilingan, Senat Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan ön ming sömlik banknotning namunasi va dizaynini ma'qullagan, bankka ön ming sömlik banknotlarning muomalaga çiqarilişi töğrisidagi axborotni, şuningdek, banknot tavsifini OAVda e'lon qiliş yuklangan.
Qarorda banknot qaçondan çiqarilişi haqida aniq ma'lumot yöq.

Manbalarning bildirilişiça, banknot qizil rangda böladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda bugundan Özbekistonda 10 000 sömlik banknot muomalaga çiqarilişi haqida muhokamalar boşlandi. Foydalanuvçilar bu yangilikni ma'qullaşmoqda.
«20.000, 50.000 va 100.000 sömliklarniyam biratöla çiqarvorib, hammayoqda bankomatlar örnatiş kerak. Faqat, yagona şarti - bankomatlarni örab oladiganlarni yöq qiliş kerak», deya fikr bildirgan tarmoq foydalanuvçilaridan biri.
Eslatib ötamiz, 2016 yilning mart oyida Özbekistonda 10 ming sömlik kupyura muomalaga çiqarilişi haqida ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda xabarlar tarqalgan, ammo Özbekiston Markaziy banki matbuot xizmati uşbu xabarlarni tasdiqlamagandi.
«Kun» ma'lumoti
Özbekiston Markaziy banki sayti ma'lumotlariga köra, 1994 yili 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 sömlik banknotalar va 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyinlik tangalar muomalaga kiritilgan.
1997 yil 1 martdan 200 sömlik banknota va 1, 5, 10 sömlik tangalar, 2000 yil 1 iyunda 500 sömlik nominaldagi, 2001 yil 1 sentabrda esa 1000 sömlik nominaldagi banknotalar muomalaga kiritilgan.
2005 yil 1 iyulda Özbekiston milliy valyutasining ön yilligiga bağişlangan 100 sömlik qiymatida tanga, 2011 yil 1 sentabrda esa Özbekiston Mustaqilligining 20 yilligiga bağişlangan 500 söm qiymatidagi tanga pullar muomalaga kiritilgan.
Hozirgi vaqtda eng yirik kupyura hisoblangan 5000 sömlik qiymatidagi banknotalar 2013 yil 1 iyulda muomalaga kiritilgan.











