09:44 / 21.02.2017
5316

O‘ziyurar avtomobillarning «ko‘rishi» va «reaksiyasi»ni yaxshilaydigan kamera ishlab chiqildi

Singapurning Nanyan texnologiya universiteti (NTU) olimlari yuqori aniqlikdagi o‘ta tez kamerani ishlab chiqishdi. U o‘ziyurar avtomobillar va dronlarning noqulay ob-havo va yomon yo‘llarda yaxshiroq «ko‘rishi»ni ta'minlaydi. Odatdagi optik kameralardan farqli ravishda yangi aqlli kamera obektning sezilmas harakatini ham real vaqtda yoza oladi. 

Yangi kamera nanosoniyalarda o‘lchanadigan oraliqda yoza oladi. Bu odatdagi videoga olishdan ko‘ra sezilarli ravishda tezdir. Bundan tashqari, kamera ma'lumotlarni hozirgidan ko‘ra kichikroq formatda saqlaydi. Kamera o‘ziga o‘rnatilgan mikrosxema yordamida tasvirga olayotgan jarayonni tezlik bilan tahlil qilib, muhim jihatlarni alohida qayd eta oladi. 

Celex deb nomlangan kamerani Nanyan texnologiya universiteti Elektr va elektron muhandislik maktabi assistent-professori Chen Shoushun tomonidan ishlab chiqilgan. Hozirda, u yakuniy bosqichda. 

Celex shu yilning yanvar oyida AQShda bo‘lib o‘tgan IS&T International Symposium on Electronic Imaging (EI 2017) xalqaro simpoziumida ham namoyish etilgan. Kamera sensori bir necha million pikselga ega bo‘lib, u yakuniy tasvirni shakllantirishda foydalaniladi.

Mavzuga oid
Top