21 fevral kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev “Özbekiston respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillaştiriş va faoliyati samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonni qabul qildi.

“Harbiy sud sudyalarining Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari tarkibiga kiritilganligi, adliya organlari tomonidan umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta'minlaş tartibi sud hokimiyatining mustaqilligi tamoyiliga muvofiq kelmayapti.

Sudlar tizimining amaldagi tuzilmasi va ştat birligi xizmat vazifalarini oqilona taqsimlaş imkonini bermayapti, bu esa ularni zamon talablarini inobatga olgan holda takomillaştiriş va maqbullaştirişni talab etadi”, deyiladi farmon matnida.

Farmonga muvofiq, harbiy sudlarning ştat birliklari Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari tarkibidan Özbekiston Respublikasi Oliy sudi tizimiga ötkazildi.

Jumladan, farmonda sudlar faoliyati samaradorligini oşiriş va sud kadrlari zaxirasini tayyorlaş uçun sudlar tuzilmasiga sudya yordamçisi, sudya katta yordamçisi lavozimlarini kiritiş nazarda tutildi.