16:56 / 22.02.2017
5079

BMT: Yamanda 7 million kishi ochlik ostonasida turibdi

Foto: RIA "Novosti"

BMTning Yaman bo‘yicha gumanitar masalalar koordinatori Jyeymi MakGoldrikning ma'lum qilishicha, qariyb 17 million yamanlik to‘yib ovqatlanish imkoniyatiga ega emas. Koordinator hisobotida keltirilishicha, shundan 7 million kishi ochlik ostonasida turibdi. 

BMT vakili ushbu inqiroz sabablari sifatida oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi, qimmatchilik hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilmayotganini ko‘rsatgan. 

"Ayollar va qizlar boshqalarga qaraganda yomonroq ovqatlanmoqda. Yamanning 7 mln aholisi yana qachon ovqat yeyishini aniq bilmaydi. Ular ochlikka yuz tutish ostonasida. Vaziyat shu paytgacha bo‘lganida tashvishliroqdir", — degan MakGoldrik.

2014 yildan buyon Yamanda qurolli mojaro davom etmoqda. Kelishmovchilik sobiq prezident Ali Abdulla Solih va "Ansar Alloh" shia guruhining xusiy jamoalari hamda qonuniy prezident Abd Rabb Mansur Hodiy tarafdorlari va hukumat qo‘shinlaridan iborat kuchlari o‘rtasida davom etmoqda.

Top