21:49 / 22.02.2017
70318

Xorazmda GM Uzbekistan xodimlari hibsga olindi

O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati bosh boshqarmasi tezkor xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimlari bilan birgalikda Xorazm viloyatida GM Uzbekistan kompaniyasi xodimlarini jinoyat ustida qo‘lga oldilar, deb xabar bermoqda Sputnik nashri.Urganchda yashovchi ikki shaxs – GM Uzbekistan’ning Xorazm viloyati filiali kassiri Ulug‘bek O‘tamuratov va shu filial ombori boshlig‘i Qurbonnazar Sobirov 1400 dollar pora olayotganda hibsga olindilar. Ular shu pullar evaziga "Xorazmavtotexxizmat"ning  "Damas" avtomobili sotib olish uchun shartnomasini olishda ko‘mak ko‘rsatishlari kerak edi", deb ma'lum qildi MXX vakili.

Hibsga olinganlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Ta'kidlash joizki, MXX oxirgi yillar mamlakat avtomobil sanoati tizimida yo‘l qo‘yilayotgan firibgarlik va tovlamachiliklarga qarshi kurashni faollashtirgan. Bu esa jinoyatlar miqdori ancha kamayishiga va rasmiy dilerlik tarmog‘idan nopok sotuvchilarni istisno qilishga imkon berdi.

Top