Jizzaxlik bir guruh ijodkorlar tomonidan Özbekistonning Birinçi Prezidenti I. A. Karimovning yorqin xotirasiga bağişlangan «Işonç» deb nomlangan badiiy filmni suratga oliş uçun tayyorgarlik işlari boşlab yuborildi. Bu haqda Sangzor.uz naşri xabar bermoqda.
Uşbu film “Özbekkino” milliy agentligi Jizzax viloyati hududiy bölimi rahbarligida suratga olinadi. Filmning ğoya muallifi Ravşanbek Yöldoşev, ssenariy muallifi Xanifa Yöldoşeva.
“Özbekistonni köp yillar boşqargan bu insonni xotirlaş, ular tomonidan amalga oşirilgan işlarni kelajak avlodga badiiy kino orqali yetkaziş bugun eng dolzarb vazifalardan sanaladi”, - deydi ğoya muallifi R.Yöldoşev.
Ayni paytda mazkur film ğoyasi Özbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi davlat unitar korxonasining №000376 sonli mualliflik huquqi guvohnomasiga ega.
Film rejissyori va aktyorlar haqida batafsil ma'lumot berilmagan.













