14:44 / 22.02.2017
12976

LG G6 smartfoni: Zamonaviy sanoat dizaynidagi yangi bosqich

Taniqli dizayner Torsten Valer (Torsten Valeur) LG G6 modelidagi minimalizm, yuqori sifat va qulaylikka yuqori baho berdi

SeUL, 2017 yil 22 fevral. – Dunyodagi eng taniqli sanoat dizaynerlaridan biri Torsten Valer o‘z intervyusida (https://goo.gl/Ir0T4v) yaqinda LG G6 yangi smartfonini ko‘rgani va unga «ajoyib shakl, funksiyalar va albatta, ishlatishdagi qulaylikning ajoyib uyg‘unlashuvi» deb baho berdi.

iF Design va Good Design mukofotlari kabi ko‘plab sovrinlar bilan taqdirlangan  David Lewis Designers dizayn studiyasi bosh direktori Torsten Valer LG G6 yangi modelining yaxshi o‘ylangan dizayniga yuqori baho berdi. U o‘zida chiroy va funksiyalarni uyg‘unlashtirgan. Valer o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlasharkan, sanoat dizaynining omadli asosi – nafaqat chiroyli tashqi shaklda ekani, balki foydalanuvchilar haqida qayg‘urishda ekanini ham ta'kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, FullVision® shaklidagi ekran nigohlarni o‘ziga tortib oladi, shu bilan bir qatorda, konstruksiyaning boshqa elementlari e'tiborni o‘ziga olmaydi.

G6 modeli qo‘l bilan ushlaganda iliq taassurot uyg‘otuvchi minimalistik dizaynda tayyorlangan. Telefon perimetri bo‘ylab o‘rnatilgan jilosiz metall ramka yagona yo‘nalishdan darak beradi. Smartfonning qopqog‘i esa umuman yassi qilib tayyorlangan: kamera moduli ustki qismdan chiqib turmaydi, bu uni ehtimoliy zararlardan himoyalaydi. Janob Valer shuningdek LG G6 modelining qulayligini ham ta'kidlab o‘tgan. Qurilma korpusi bir qo‘l bilan boshqarishda juda qulay.

«Mening fikrimcha, siz LG G6’ni ko‘rganingizda, uning qo‘lingizga olib, barcha tomonlarini yaxshilab ko‘zdan kechirasiz va ushbu smartfonning har bir jihatini yaratish uchun sarflangan sa'y-harakatlarni to‘la baholay olasiz», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi janob Valer.

LG Electronics Mobile Communications kompaniyasi haqida

LG Electronics Mobile Communications kompaniyasi – smartfonlar va olib yuriluvchi qurilmalar ishlab chiqarish standartlarini o‘rnatuvchi jahon yetakchilaridan biri bo‘lib, ular innovatsion texnologiyalar va dizayn bilan ajralib turadi. LG displeylar, akkumulyatorlar, optika va LTE aloqa standartlari ishlab chiqish sohasidagi muhim, yuqori raqobatli texnologiyalarni doimiy ravishda rivojlantirib, butun jahondagi insonlarning talablariga javob beruvchi smartfonlar va olib yuriluvchi qurilmalarni yaratadi. LG kompaniyasi smartfonlarning foydalanuvchilar uchun imkoniyatlarini kengaytirishga intilib, buning oddiy “chegarasidan” chiqadi hamda bu iste'molchilar ortiqcha harakatlarsiz o‘z qurilmalaridan maksimal darajada foyda olishlari uchun qilinadi. Batafsil ma'lumot uchun kompaniyaning http://www.lg.com/ru veb-saytiga tashrif buyurishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top