18:48 / 22.02.2017
4706

Oxirgi 8 penaltidan 6tasini qaytargan Kabalero Falkaoning zarbasini qanday qaytarganini aytdi

«Manchester Siti» jamoasi darvozaboni Villi Kabalero YeChL nimchorak finalida «Monako»ga qarshi kechgan va 5:3 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuvdan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Men birinchi gol urilgan vaziyatda xato qildim, shundan keyin biz qiyin ahvolga tushdik, ammo taslim bo‘lmadik, kuchimizni ko‘rsatdik, ha yana ikki gol o‘tkazdik, ammo yakunda g‘alabaga erishdik.

O‘yin aqldan ozdirar darajada kechdi. Yutganimiz yaxshi bo‘ldi, ammo biz bu ajoyib jamoaga qarshi yana o‘ynashimiz kerak. Hozir bu g‘alabadan zavq olishimiz kerak, ammo kurash hali yakunlanmadi. Asosiysi keyingi o‘yingacha ruhiy jihatdan tayyor bo‘lishdir.

Penaltimi? Yaxshi hamki, men aynan shu tomonga sakradim. Biz Falkao va «Monako»ning boshqa futbolchilari 11 metrli jarima zarbasini qanday ijro etishini diqqat bilan o‘rgangandik», – deya Kabaleroning so‘zlarini keltirgan BT Sport.

Qayd etish kerakki, ushbu darvozabon o‘z darvozasiga belgilangan oxirgi 8ta penaltidan 6tasini bartaraf etgan.

Mavzuga oid
Top