18:37 / 22.02.2017
14637

Samarqandliklarga viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish imkoniyati berildi

Samarqand viloyati hokimligi Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Igamberdiyev Bahrom Nag‘matovichning virtual qabulxonasi ish boshladi.

Sizda hal etilmagan masalalar-muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Samarqand viloyati hokimligi Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘iga uch xil usulda: ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilish, murojaat yuborish yoki belgilangan vaqtda tashrif buyurish orqali yo‘llashingiz mumkin.

 

 

Samarqand viloyati hokimligi Sog‘liqni saqlash boshqarmasining rasmiy veb-saytida www.samvssb.uz veb-manzili orqali murojaatlarni onlayn tarzda qabul qilinadi.

Shuningdek, murojaatlarni Samarqand viloyati hokimligi Sog‘liqni saqlash boshqarmasining (0366) 233-35-56 raqamli “Ishonch telefoni” orqali amalga oshirish mumkin.

Virtual qabulxona saytiga nafaqat murojaatlar yuborish, balki ularning bajarilishini kuzatib borish imkoniyati yaratilgan.

Mavzuga oid
Top