15:29 / 22.02.2017
7176

Saratovda ag‘darilib ketgan avtobusning o‘zbekistonlik haydovchisi 10 ming rubllik jarimaga tortildi 

O‘zbekiston fuqarosi Zohidjon Sapayev 10 ming rubllik jarimaga tortildi. U Rossiyaning Saratov viloyatida YTHni keltirib chiqargan, deb xabar bermoqda mintaqa prokuraturasi matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning 30 oktabr kuni erta tongda Tatishev tumanining Sadovka qishlog‘i yaqinida ro‘y bergan falokat oqibatida 16 kishi jabrlandi. «Sankt-Peterburg - Toshkent» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan hamda transport vositasi yo‘l chetidagi ariqqa borib tushgan. Salonda esa 30 yo‘lovchi bo‘lgan. Jabrlanganlarga kerakli tibbiy yordam ko‘rsatildi, to‘rt inson kasalxonaga yotqizilgandi.

Avtobus yo‘lovchilaridan biri – O‘zbekiston fuqarosi og‘ir tan jarohati olgan, deb aniqlik kiritdi mahkama.

Sapayev Rossiya JKning 264-moddasi 1 qismi bilan 10 ming rubllik jarimaga tortildi.

Top