23:41 / 22.02.2017
4692

Suriya qo‘shinlari yil boshidan 55 ta aholi punktini jangarilardan ozod qildi

Foto: George Ourfalian / Reuters

2017 yil 1 yanvardan Suriya hukumat qo‘shinlari IShID jangarilaridan 55 ta aholi punktini ozod qildilar. Bu haqda Suriyada Rossiyaning dushman tomonlarni yarashtirish markazi ma'lum qildi.

"Bir kun ichida hukumat qo‘shinlari nazorati ostiga 47 kvadrat km hudud o‘tdi. Umumiy hisobda 2017 yil 1 yanvardan 1827,1 kvadrat km maydon ozod qilingan", deyilda xabarda.

Shuningdek, kun davomida jangovar harakatlarni  to‘xtatish tartibiga Xaush-Kubayot aholi punktining qo‘shilishi bo‘yicha kelishuv imzolandi. Shu tariqa, yarashuv jarayoniga qo‘shilgan aholi punktlari miqdori 1270 taga yetdi. 

Jangovar haarkatlarni to‘xtatish shartlarini qabul qilish va ularni bajarish istagini bildirgan qurolli tuzilmalar soni o‘zgarishsiz, ya'ni 110 ta bo‘lib qolgan. 

Suriya hududi bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatish tartibi 2016 yil 30 dekabrda kuchga kirgandi.

Mavzuga oid
Top