16:12 / 22.02.2017
10912

Toshkentning Sergeli tumanida aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan 82 nafar fuqaroga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

2017 yil 22 fevral kuni Sergeli tumanida “Ittifoq” mahalla fuqarolari yig‘ini faollari bilan sud ijrochilarnining Sergeli tumani bo‘limi ijrochilari, tuman prokuraturasi xodimlari, tuman IIB profilaktika inspektori, tuman soliq inspeksiyasi hamda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudi xodimlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi - aliment to‘lovlariga oid ijro hujjatlari ijrosini muddatida to‘liq va sifatli bajarilishi bo‘yicha hamkorlikni yanada oshirishdir. Shu bilan birga, Toshkent shahar hokimining 2016 yil 21 dekabrdagi №1137-sonli “Toshkent shahrida ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari bo‘yicha davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorligini yanada kuchaytirishga qaratilgan qo‘shma chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qo‘shma qaroriga ko‘ra Toshkent shahar hokimiyati, Toshkent shahar prokuraturasi, Toshkent shahar IIBB, Mehnat bosh boshqarmasi, FIB Toshkent shahar sudi, JIB Toshkent shahar sudi, “Toshkent pochtampt” filiali, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar bosh boshqarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent shahar bo‘limi bilan birgalikda hamkorlikni yanada oshirish maqsadida aliment to‘lovlariga oid ijro hujjatlari ijrosini muddatida ta'minlash ko‘rsatib o‘tilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasiga asosan “ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburligi belgilab ko‘yilgan”. Sergeli tumani sud ijrochilari bo‘limi ish yurituvida 2300 ta aliment ijro hujjatlari mavjud. 2016 yil hisobiga nazar tashlanadigan bo‘lsa, birgina Sergeli tumanida voyaga yetmagan farzandlarga aliment to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik oqibatida 82 nafar fukaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 122-moddasiga asosan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, shundan 44 tasi qarzdorlikni qoplaganligi uchun jinoyat ishi harakatdan tugatilgan, 38 nafar fuqaroga nisbatan jazo ta'sir chorasi qo‘llanilgan. 

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuning 64-moddasiga asosan 297 nafar qarzdorlarning aliment undiruvi qarzdorning ish haqi va boshqa daromadlaridan ushlab qolish uchun qarzdorlarning ish joyiga yuborilgan. Uchrashuvda mahallalarda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari bilan hamkorlikda ishsiz yurgan aliment to‘lovchilarni ishga jalb kilish masalalarida to‘xtalindi. Mazkur yig‘ilishda mahalla, prokuratura, sud ijrochilari bo‘limi, fuqarolik ishlari bo‘yicha sud, soliq inspeksiyasi, tuman IIB profilaktika inspektorlariga tegishli vazifalar belgilandi. 

Top