09:18 / 22.02.2017
5398

Trampning Hollivuddagi yulduzini sindirib tashlagan shaxs uch yilga ozodlikdan mahrum etildi

Los-Anjyeles sudi 53 yoshli mahalliy fuqaro Jyeyms Lambert Otisni shartli ravishda uch yilga ozodlikdan mahrum etdi hamda jarimaga tortdi. U Hollivuddagi shon-shuhrat Alleyasidagi Donald Trampning nomi bo‘lgan yulduzni sindirgan, deb xabar bermoqda Los Angeles Daily News.

Ta'kidlanishicha, Otis sud jarayoni vaqtida bu ishni sodir etganini tan olgan. Erkakka shartli hukmdan tashqari 20 kunga jamoat ishlariga jalb etish, shuningdek, 4,4 ming dollar miqdoridagi jarima jazosi ham tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Trampning shon-shuhrat Alleyasidagi yulduzi bilan bog‘liq hodisa o‘tgan yilning oktabrida ro‘y bergan.

2016 yilning noyabrida esa Donald Trampning Hollivuddagi shon-shuhrat Alleyasidagi yulduzi kechayu-kunduz qo‘riqlanishi haqida xabarlar tarqaldi.

Mavzuga oid
Top