00:54 / 23.02.2017
51653

Dubayda dahshatli "do‘stona" qotillik sodir etildi

O‘tgan yilning oktabr oyida Dubay politsiyasiga hamda fuqarolar mudofaa xizmatiga ombor yaqinida yong‘in bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan. 

Huquq-tartibot organlari xodimlari voqea joyiga yetib kelishganda bir kishining tanasi to‘liq kuyib ketganiga guvoh bo‘lishgan. GulfNews shu haqida xabar berdi

Ma'lum bo‘lishicha, Komor orollarida yashovchi 22 yoshli ayol va uning 32 yoshli jazmani qotillik sodir etishgan. Marhum qotillik sodir etgan ayolning turmush o‘rtog‘i bo‘lgan. 

Jabrlanuvchi va qotil erkak eng yaqin do‘st bo‘lishgan. 

Prokuratura vakillarining fikricha, ular marhumni mashinaga olib chiqib, qo‘l va oyoqlarini bog‘lashgan, so‘ng uni tosh bilan kaltaklashgan. Erkakning nafas olmayotganini ko‘rgach, qotil "do‘st" avtomobilda uning ustidan bir necha marta bosib o‘tgan. Shundan keyin jasadning ustidan yoqilg‘i quyib, yondirib yuborishgan. 

Qotillar qo‘lga olingan, sud jarayoni davom etmoqda. 

Top