00:59 / 23.02.2017
16777

La-liga. «Real» ta'qibchilaridan o‘zib ketish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi

Ispaniya chempionatining 16-tur qoldirilgan uchrashuvida «Valensiya» «Real»ni qabul qilib kichik sensatsiya qayd etdi.

Simone Dzadza va Orelyana tomonidan dastlabki 10 daqiqada kiritilgan golga Krishtianu Ronaldu bitta gol bilan javob qaytardi. Biroq buyog‘iga madridliklarning kuchi yetmadi va jamoa chempionatdagi ikkinchi mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘ldi.

Ushbu mag‘lubiyatdan keyin «Real» 52 ochko bilan birinchi o‘rinda qoldi. Endi jamoa «Barselona»dan bitta kam uchrashuv o‘tkazgan holda 1 ochkoga oldinda bormoqda. «Valensiya» esa ushbu g‘alabadan keyin 26 ochko to‘plab 14-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Ispaniya La-ligasi, 16-turning qoldirilgan uchrashuvi

Valensiya – Real Madrid 2:1 (2:1)
Gollar:
Dzadza (4), Orelyana (9) – Ronaldu (44).
Valensiya: Diyego Alves, Garay, Gayya, Joau Kanselu, Mangalya, Parexo, Peres, Orelyana (Soler, 56), Nani (Sikeyra, 39), Dzadza (Suares, 74), Munir.
Real Madrid: Navas, Varan (Nacho, 73), Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos, Kazemiro, Modrich (Vaskes, 76), Xames (Beyl, 62), Ronaldu, Benzema.
Ogohlantirishlar: Dzadza (19), Karvaxal (29), Munir (43), Peres (54), Varan (59), Mangalya (67), Parexo (90+1).

Mavzuga oid
Top