15:46 / 23.02.2017
9926

Moskva viloyatida 27ta avtomobil to‘qnashib ketdi (video)

Internetda Moskva viloyatidagi Minsk shossesining 38-kilometrida yuz bergan YTH videosi tarqaldi. U yerda 27 avtomobil to‘qnashib ketgan.

O‘tib ketayotgan avtomobillardan birida bo‘lgan yo‘lovchilardan biri tomonidan taqdim etilgan rolikda falokatga uchragan transport vositalarining bir qismini ko‘rish mumkin, xolos.

Yo‘l transport hodisasi ertalabki soat sakkizlarda ro‘y berdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, ikki kishi jabrlangan, hodisa sabablariga oydinlik kiritilmagan.

Top