18:58 / 23.02.2017
8220

Mo‘sul aeroporti Iroq hukumati nazoratiga o‘tdi

Iroq federal politsiyasi tezkor guruhlari Mo‘sul shahri aeroportini IShID jangarilaridan tortib oldi. Bu haqda Iroq xavfsizlik kuchlaridagi manbaga asoslangan holda Sky News Arabia xabar tarqatdi.

Aeroport ikki yildan buyon jangarilar qo‘lida edi.

Ayni vaqtda Mo‘sul shahrining sharqiy qismi to‘la ravishda Iroq qo‘shinlari nazoratiga o‘tgan, shaharning g‘arbiy qismi uchun janglar davom etmoqda.

Top