Suriyaning Al-Bob shahri IShID jangarilaridan butunlay ozod qilindi. Bu haqda muxolifatdagi Suriya ozodlik armiyasi vakili Usama Abu Zayd rasman ma'lum qilgan.

"Suriya Ozodlik armiyasi va IShID o‘rtasida kechgan janglardan keyin Al-Bob shahri ozod qilindi", deya uning so‘zlarini keltirgan Sky News Arabia telekanali sayti.

Al-Bob shahri IShIDning Suriyadagi tayanchlaridan biri edi. Turkiya Qurolli kuchlari va Suriya ozodlik armiyasi o‘tgan yilning avgustida boshlagan "Frot qalqoni" amaliyoti davomida hamkorlikda harakat qilmoqda.