11:50 / 23.02.2017
8460

O‘tgan yili Toshkentda avtomobillarni olib qochish holatlari kamaydimi?

2016 yilda avtomobillarni olib qochish bilan bog‘liq jinoyatlar miqdori ikki baravarga kamaydi. Bu haqda Toshkent IIBB rahbari Bahodir Qurbonov jurnalistlar bilan uchrashuvda ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Nuz.uz.

Toshkent IIBB rahbarining aytishicha, shahardagi statistikaning yaxshilanganiga o‘tgan yili yangi dasturiy ta'minot — «Xavfsiz shahar» tizimi joriy etilgani ham yordam bergan.

«Bunday tizim ayni paytda Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha faqat O‘zbekiston poytaxtida bor. Rossiyada esa u faqat ikkita shahar — Moskva va Sankt-Peterburgda amalga tatbiq etilgan», - deya aniqlik kiritdi IIBB boshlig‘i.

Dasturiy ta'minot shaharning tumanlarga bo‘lingan interaktiv xaritasidan iborat bo‘lib, mashinani olib qochishlar, o‘g‘irliklar, bosqinchilik hujumlari haqida kelib tushgan xabarlarni aks ettiradi. Shuningdek, xaritada barcha patrul-post mashinalari turgan joylarini ko‘rish mumkin. Bu dispetcher eng yaqin ekipajni jinoyat joyiga osonlik bilan yuborishi uchun yaxshi imkoniyat beradi.

Qurbonovning aniqlik kiritishicha, poytaxtda yil boshidan beri transport vositasini olib qochish bilan bog‘liq fosh etilmagan bironta ish yo‘q. Yangi tizimning joriy etilishi jinoyatlarni “issiq izida” fosh etish bo‘yicha ko‘rsatkichlarni jiddiy ravishda oshishiga imkon berdi.

Top