13:04 / 23.02.2017
10762

O‘zbekiston va Qozog‘iston temir yo‘lchilari tranzit tariflar borasida bir qarorga kelishdi

22 fevral kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Qo‘shma hukumatlararo komissiyaning 16-yig‘ilishi doirasida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ rahbariyati «Qazaqstan temіr joli» MK» prezidenti Kanat Alpisbayev bilan muzokaralar o‘tkazdi.

«Qazaqstan temіr joli» MK» AJ matbuot xizmatining xabar berishicha, unda temir yo‘l trasporti sohasidagi o‘zaro harakatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilingan. 2016 yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi temir yo‘l transporti orqali yuklarni tashish bo‘yicha ijobiy o‘sish dinamikasi qayd etildi. Tashuvlar hajmi 19 million tonnani tashkil etdi. Uchrashuvda yuk tashishlarni oshirish uchun ixcham tarif siyosatini o‘tkazish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek Qozog‘iston don va unini eksport, Qozog‘istonning 45 futli muzxonali konteynerlarida yuklar, Qozog‘iston Respublikasi hududi bo‘ylab o‘zbek meva-sabzavot va boshqa qishloq xo‘jalik turlarini tranzit tashuvlari tariflari uchun chegirmalar taqdim etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 

Tomonlar Aqtou va Quriq portlari orqali Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishi bo‘ylab o‘zbek eksport va import tashuvlarini tashkil etish imkoniyatini muhokama qilishdi. «QTJ – Yuk tashuvlar» va «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ o‘rtasidagi muzokaralar yakuniga ko‘ra Qozog‘iston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan yuklar haqida elektron ma'lumot almashish bo‘yicha Kelishuv imzolandi. 

Top