19:18 / 24.02.2017
24962

Hamma raqsga tushsin! Taqiqlov bekor qilindi

Oklahoma shtatidagi protestantlar ta'siri kuchli bo‘lgan Henriyetta shaharchasida 40 yildan beri amalda bo‘lgan taqiqlov bekor qilindi. 1970-yillardan buyon cherkov yoki maktabdan 150 metr masofada bo‘lgan har qanday inshoot va xonada raqs tushish taqiqlab kelingan. Bunday chora o‘sha paytlar markaziy ko‘chalarda raqs zali bo‘lgan barlar qurilmasligi uchun ko‘rilgan. Qurilish amalga oshmadi-ku, lekin farmon bekor qilinmadi. Ushbu qoidani buzganlar 25 dollar miqdoridagi jarimaga tortilgan. Tulsa World mahalliy gazetasi shu haqida xabar berdi

Ko‘p yillik taqiqlovni bekor qilishga shaharchada yashovchi huquqshunosning ayoli uyida uyushtirmoqchi bo‘lgan tadbir sabab bo‘lgan. Uning uyi "taqiqlov hududi"ga kirgan va mahalliy cherkov ziyoratchilari bu rejadan shahar rahbariyatini ogohlantirgan. Shahar politsiya shefi Stiven Norman eski farmonga rioya qilinishini qat'iy talab qilmasligini ma'lum qilgan. 

"Agar farmon ijro etilmayotgan bo‘lsa, uning keragi ham yo‘q", - dedi mer Jyennifer Kleson. Munitsipalitet a'zolari uni qo‘llab-quvvatlashdi va majlisga yig‘ilgan fuqarolar olqishi hamda "Hamma raqsga tushsin" hayqiriqlari ostida Henriyettadagi taqiqlov bekor qilindi. 

Mavzuga oid
Top