15:17 / 24.02.2017
11319

Yevrokuboklar tarixida kuzatilmagan tarixiy voqea sodir bo‘ldi

Yevropa ligasining 1/8 finaliga yo‘l olgan barcha jamoalar nomi ma'lum bo‘lib ulgurdi. Unda hozirgacha yevrokuboklar tarixida kuzatilmagan voqea sodir bo‘ldi. 

Gap shundaki, nimchorak finalda Belgiyadan bir yo‘la uchta jamoa yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bu shu kungacha yevrokuboklarda kuzatilmagan noyob hodisalardan biri edi.

Eslatib o‘tamiz, Belgiyaning «Genk», «Gent» va «Anderlext» musobaqadagi ishtirokini davom ettirmoqda.

Yevropa Ligasining 1/8 final bosqichiga qur'a tashlash marosimi 24 fevral, Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi.

Top