08:56 / 24.02.2017
5800

Xalqaro valyuta jamg‘armasining sobiq rahbari va yana 64 kishi firibgarlik uchun qamaldi

Foto: Reuters

Ispaniya milliy sud hay'ati Xalqaro valyuta jamg‘armasining sobiq rahbari, firibgarlik va pul yuvishda ayblangan Rodrigo Rato ishi bo‘yicha hukm chiqardi. Bu haqda 23 fevralda El Paìs nashri xabar bermoqda

Rato 4,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Sud ishi bo‘yicha yana bir ayblanuvchi Migel Blesa 6 yillik qamoq jazosi oldi. Yana 63 nafar ayblanuvchi 3 oydan 4 yilgacha muddatga qamoq jazolari oldilar va jarimalarga tortildilar.

Caja Madrid bankining (2010 yildan Bankia) sobiq rahbarlari Rato va Blesa 2003 yildan 2012 yilgacha XVJning "qora kreditlar kartalaridan" foydalanib, soliq xizmatlari ruxsatisiz 12 mln yevro olib chiqib ketishda ayblangandilar. 

Tergov taxminiga ko‘ra, bankning bosh direktori va direktorlar kengashi a'zolari qo‘llariga nafaqat maosh kartasini, balki "tashkilotga sodiqliklari" uchun shaxsiy xarajatlarga karta ham olishgan. Karta egalari bu pullarni sarflayotganlari haqida hisobot berishga majbur emasdilar. Bundan tashqari, ular tashkilotdan bo‘shatilganlaridan keyin ham "qora karta" yana bir necha oy amal qilgan. 

Sud bankda o‘zining top-menejyerlarining shaxsiy ehtiyojlarini moliyalashtirish uchun yetarlicha asos bo‘lmagani haqida qaror chiqardi.

Rato 2004 yildan 2007 yilgacha XVJning mablag‘larni tarqatuvchi direktori lavozimini egallagan. U 2010-2012 yillarda Bankia’ni boshqargan. Rato sud jarayonida ofshordagi mablag‘larga qandaydir aloqasi borligini inkor qilgan. 

Mavzuga oid
Top