17:55 / 24.02.2017
11146

Iroq Suriya hududini bombalash uchun harbiy samolyotlarini jo‘natdi

Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy Suriya hududida IShID jangarilariga qarshi harbiy amaliyotlar o‘tkazishga buyruq berdi.

«Biz harbiy havo kuchlari samolyotlarini Suriya hududida IShID marralarini bombalash uchun yubordik», — deya hukumat rahbarining so‘zlarini keltirgan Al Sumaria telekanali.

Bundan oldinroq, 23 fevral kuni Iroq hukumati Mo‘sul aeroporti jangarilardan ozod etilganini e'lon qilgandi.

O‘tgan hafta Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida ikkita qo‘poruvchilik harakati sodir etilgandi. Birinchi terakt oqibatida 15 kishi halok bo‘lib, 50dan ortiq kishi jarohatlangandi. Keyinroq Bayaa tumanida avtomobil portlatilishi oqibatida 55 kishi halok bo‘lib, 50dan ortiq kishi jarohatlandi.

Top