Jahon | 13:36 / 24.02.2017
20113
2 daqiqa o‘qiladi

Obama va Soros Ukrainadagi to‘ntarishni tashkillashtirishda ayblandi

AQShning bir qancha shaharlarida xalqaro Shiller institutining maxsus aksiyasi o‘tkazildi. U Ukrainadagi “Maydon” voqealariga bag‘ishlandi. Aktsiya ishtirokchilari maxsus varaqalar tarqatishgan, ularda bu mamlakatda hokimiyatning o‘zgarishi AQShning 44-prezidenti Barak Obama va milliarder Jorj Sorosning bevosita qo‘llab-quvvatlashi bilan ro‘y bergani aytiladi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Agentlik muxbirining ta'kidlashicha, Nyu-Yorkdagi miting qatnashchilari BMT bosh qarorgohiga yaqin yerda yig‘ilishgan. Ularning qo‘lida “Obamani qamoqqa” hamda “Sizning dushmaningiz – Jorj Soros” kabi yozuvlar bo‘lgan. Shiller instituti rasmiy vakili Dayan Serning so‘zlariga ko‘ra, shunga o‘xshash aksiyalar AQShning yana ikki shahri – Boston va Hyustonda, shuningdek Berlinda (Germaniya) ham bo‘lib o‘tgan.

Serning ma'lum qilishicha, AQSh aholisi Ukrainadagi hodisalar haqida haqiqatni bilishlari juda muhim, sababi aynan o‘sha insonlar AQSh yangi prezidenti Donald Trampni shunday uslublar bilan hokimiyatdan chetlatishmoqchi. 

Ma'lumot uchun, “Maydon” (Yevromaydon) – 2013-2014 yillarning qishida  Ukraina poytaxti Kiyev va boshqa qator shaharlarida o‘tkazilgan norozilik aksiyalaridir. U mamlakatda hokimiyat o‘zgarishi, ag‘darilgan prezident Viktor Yanukovich esa davlatni tark etishiga olib keldi. Maydon yetakchilari hukumatda lavozimlarni egallab, parlament deputatlariga aylanishdi. O‘sha hodisalar vaqtida 100dan ortiq inson halok bo‘lgan.

Mavzuga oid

E`lonlar